Murojaat etuvchining to'liq ismi / Ф.И.О. заявителяJaloliddin Burxanov Xusnitdinovich
Murojaat mazmuni / Содержание обращения

Assalomu alaykum xurmatlik vazir janoblari.
Men "Fortuna Avto Servis" mas'ulyati cheklangan jamiyatda raxbar bo'lib ishlayman. Jamiyatimiz axoli buyurtmasiga ko'ra avtomobillarni texnik ko'rikdan o'tkazish ta'mirlash bilan faoliyat yurutida.
Siz rahbarlik qilayotgan vazirlik mas'ul ishchi xodimlari vazirlikka qarashlik bo'lgan avtomobillarni ta'miri bo'yicha ikki tomonlama shartnoma tuzib (shartnoma # 19/21 iyun oyi 2021 yil va shartnoma # 30/21 noyarb oyi 2021 yil) 2021 yil iyun va noyabr oylarida bizning jamiyatimizga muroja'at qilishgandi. Biz avtomobillarni vazirlik talabiga binoan to'liq ta'mirdan chiqardik va ikki tomonlama shartnoma tuzdik. To'lovlarni o'z vaqtida oldik.
Lekin 2022 may oyiga qadar jamiyatimizga tegishlik bo'lgan tuzulgan shartnomani ikkinchi nusxasini xaligacha vazirlik tarafdan ololmadik. Biz vazirlik ma'sul xodimlariga Bahodir ismlik shaxsga (bosh xisobchi) bir necha bor telefon orqalik bog'lanib, jamiyatimizga tegishlik bo'lgan vazirlik bilan tuzulgan shartnomani ikkinchi nusxasini qaytarib berishligini, yoqotib qo'yilgan bo'lsa tiklashga yordam berishi bo'yicha iltimos qildik va aynan qaysi shartnoma bo'yicha muroja'at qivotganimiz bo'yicha ma'lumotlarni yuvordik. Urunishlar samarasiz. Biz vazirlik ma'sul xodimlariga shaxsiy masalada muroja'at qilganimiz yo'q. Faqatgina xuquqiy tomonlama vazirlik va jamiyatimiz o'rtasida ikki nusxada tuzulgan shartnomani ikkinchi jamiyatga tegishlik bo'lgan nusxasini bizga qaytarib berishligini so'radik xolos.
Muroja'atim maqsadi shundan iborarki vazirlik va jamiyatimiz o'rtasida ikki tomonlama tuzulgan shartnomani vazirlik tomonlama yoqotilgan bo'lsa tiklashda yoki arxv xonada turgan bo'lsa qaytarib berishda amaliy yordam berishingizni so'rayman.
Innavatciya Vazirlik ma'sul xodimlari xar bir echilishi kerak va zarur bo'lgan masalalarni innavatcion tarzda xal qilishda, echim berishda Siz etakchi bo'lishingiz va amaliy yordam berishingizni tadbirkor sifatida ishonamiz.